Dori va vitaminlar doim vaqtida

Butun oila uchun dori va vitaminlarni vaqtida eslatib turadigan ishonchli yordamchi.

TEZ KUNDAGoogle Play
Imkoniyatlar

Dori berishni unutish endi qiyin

Oddiy bildirishnoma emas — ekranni yoqib, dori nomi va rasmi bilan chalinadigan budilnik.

Budilnik kabi eslatadi

Jim rejimda ham chalinadi va «Berdim» bosilmaguncha to‘xtamaydi.

Butun oila bitta ilovada

Chaqaloqdan buvigacha — har kimga o‘z profili. Kim ichdi, kim ichmadi — bir qarashda.

Dori rasmi bilan

Eslatmada qutining rasmi chiqadi — qaysi dori ekanini darhol tanisiz.

Kurslar va vitaminlar

Kurs tugasa, dori o‘zi to‘xtaydi. Vitaminlar muddatsiz eslatiladi.

Tarix doim qo‘l ostida

Nima va qachon berilgani yoziladi. Xatoni tuzatsa bo‘ladi.

Kerak bo‘lganda dorilar

Isitma tushiruvchi oxirgi marta qachon berilgani ko‘rinadi. Erta bo‘lsa, ogohlantiradi.

Qanday ishlaydi

Uch qadamda tayyor

Ro‘yxatdan o‘tish, parol va internet kerak emas.

Yangi profil qo‘shish ekrani
1

Profil qo‘shing

Ism, tug‘ilgan sana va yoshiga mos rasm — farzandingiz, o‘zingiz yoki buvi uchun.

Dorilar ro‘yxati ekrani
2

Dori qo‘shing

Nomi, dozasi, kuniga necha marta va necha kun. Xohlasangiz, qutisining rasmi.

Budilnik ekrani
3

Vaqtida eslatamiz

Vaqt kelganda budilnik chalinadi. «Berdim» bosasiz — tarixga yoziladi.

Ekranlar

Kun davomida nazorat

Bugungi jadval, butun oila holati va tarix — hammasi bir joyda.

Maxfiylik

Ma’lumotlar faqat sizning telefoningizda

Bolalaringizning sog‘lig‘i — shaxsiy ma’lumot. Shuning uchun DoriVaqti hech narsani serverga yubormaydi.

  • Ro‘yxatdan o‘tish va parol yo‘q
  • Reklama va kuzatuv yo‘q
  • Internetsiz to‘liq ishlaydi
  • Zaxira nusxani faylga saqlab, yangi telefonga ko‘chirish mumkin
  • AI ulanishi yoqilsa, ma’lumot faqat o‘zingiz ulagan kompyuterga uzatiladi

Maxfiylik siyosatini o‘qish →

Biz nimani bilmaymiz

Kim ekaningizni
Qaysi dori ichishingizni
Qayerda ekaningizni
Hammasi telefoningizda qoladi
Ixtiyoriy funksiya

AI yordamchi bilan boshqaring

Vrach qog‘ozini AI yordamchiga (masalan, Claude) tashlang — u dorilarni ilovaga o‘zi qo‘shadi, siz telefonda tasdiqlaysiz. Uy Wi-Fi’sida kompyuter orqali ishlaydi va standart holatda o‘chiq.

Savol-javob

Ko‘p so‘raladigan savollar

Ilova pullikmi?

Hozircha barcha imkoniyatlar ochiq. Reklama yo‘q.

Telefon jim rejimda bo‘lsa eslatma keladimi?

Ha. DoriVaqti budilnik ovozi va budilnik ovoz balandligidan foydalanadi, shuning uchun jim rejimda ham chalinadi. Tungi «jim soatlar»ni sozlamada belgilash mumkin.

Internet kerakmi?

Yo‘q. Ilova to‘liq oflayn ishlaydi. Internet faqat ixtiyoriy AI ulanishi uchun kerak bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotlarim yo‘qolmaydimi?

Ma’lumotlar telefonda saqlanadi. «Zaxira» bo‘limida faylga eksport qilib, uni o‘zingizga (masalan, Telegramga) yuborib qo‘ying — yangi telefonga import qilasiz.

Bir dorini ikki marta berib qo‘ymaymanmi?

«Berdim» faqat bir marta yoziladi va tarixda vaqti bilan ko‘rinadi. Ilovani oilada bitta telefonda yuritish tavsiya etiladi.

iPhone uchun bormi?

Hozircha Android uchun tayyorlanmoqda. iPhone versiyasi keyinroq.

DoriVaqti ikonkasi

Tez kunda Google Play’da

Chiqishi bilan shu sahifada havola paydo bo‘ladi.